English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘izistonda koronavirusga chalinish holati yo‘q
16:11 / 2020-01-30

Qirg‘izistondagi epidemiologik vaziyat barqaror, koronavirusga chalinish holatlari yo‘q.


Qirg‘izistondagi epidemiologik vaziyat barqaror, koronavirusga chalinish holatlari yo‘q. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Xitoydan olib kelingan 12 nafar qirg‘izistonlik talaba shifoxonalarning maxsus palatalariga joylashtirildi.

“6 nafar talaba Issiq Ota shifoxonasiga, yana olti nafari Moskva tuman shifoxonasiga joylashtirildi. Barcha talabalar doimiy shifokorlar nazoratida turibdi. Ularning ahvoli qoniqarli, biror bir koronavirus alomatlari va simptomlari aniqlanmadi”, -deya ta’kidlanadi sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida.

Chegarada nazorat kuchaytirildi. O‘sh va Bishkek aeroportlarida teplovizorlar o‘rnatildi. Xorijdan kelgan barcha fuqarolar tekshirilmoqda.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, agar respublika hududlarida koronavirusga chalingan bemorlar aniqlangudek bo‘lsa, ular uchun chegara tumanlarida, shuningdek Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus chodirli shifoxonalar tayyorlab qo‘yildi. Shifokorlar uchun maxsus himoya vositalari xarid qilindi.