Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga 141 yil to‘ldi
17:37 / 2019-04-29

29 aprel – Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga 141 yil to‘ldi.


Bugun, 29 aprel – Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga 141 yil to‘ldi. Shahar kuni sharafiga meriya bayram dasturlarini tayyorladi. 

Turli madaniy-sport tadbirlari shahar bo‘ylab 19 aprel kunidanoq nishonlana boshlagandi. 

Bishkek Qirg‘iziston poytaxti va shu bilan birga, mamlakatdagi eng yirik shahar hisoblanadi. Shaharning avvalgi nomlari Pishpek, Frunze deb atalgan. Ayni damda to‘rtta tumandan tashkil topgan shahar aholisi 1 012 500 kishidan iborat ekani aytiladi.

Zamonaviy shahar o‘rnida odamlar eramizdan avvalgi 5-4 ming yilliklarda kelib o‘rnasha boshlagan. VII-XII asrlarda Jul deb nomlangan shahar bo‘lgan. 1825 yilda Qo‘qon xonining buyrug‘iga ko‘ra, bu yerda Pishpek qal’asi qad rostlaydi.

1868 yilda ruslar Pishpek qishlog‘iga asos soldi. 1878 yil 29 aprelda Pishpekka shahar maqomi beriladi. Aynan shu kun shaharga asos solingan kun sifatida nishonlanadi. 1924 yilning 24 aprelida shaharga Chexoslovakiyaning kooperativ “Intergelpo” kooperativi keladi va shu tariqa Pishpek o‘sha zamon me’yorlariga ko‘ra zamonaviy Yevropa shaharlari qiyofasida qad rostlay boshlaydi.

1924 yil oktabrida shahar Qora Qirg‘iz muxtor viloyatining, 1925 yil mayidan boshlab esa Qirg‘iz muxtor viloyatining ma’muriy markazi bo‘ldi. 

1926 yil 12 may kuni Pishpekning nomi Frunze deya o‘zgartirildi. 1936 yildan Frunze — Qirg‘iziston poytaxti bo‘ldi. 1991 yilning 5 fevral kuni Qirg‘iziston Oliy Kengashi qaroriga ko‘ra shaharning nomi Bishkek deya o‘zgartirildi. Bishkekda 938 ta ko‘cha bor.