Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirgʻiziston hukumati oʻn yil muqaddam oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajaradigan boʻldi
15:58 / 2019-09-03

“Senterra Gold Ink.” kompaniyasi bilan erishilgan yangi Kelishuvga koʻra Qirgʻiziston hukumati oltin qazib olish maqsadida Sarichat-Ertash qoʻriqxonasi hududlaridan 16 ming gektar yer ajratishga rozi boʻldi.


“Senterra Gold Ink.” kompaniyasi bilan erishilgan yangi Kelishuvga koʻra Qirgʻiziston hukumati oltin qazib olish maqsadida Sarichat-Ertash qoʻriqxonasi hududlaridan 16 ming gektar yer ajratishga rozi boʻldi.

Maʼlumotni “Qыrgʻыzaltыn” OAJ boshqaruv raisi Almaz Alimbekov tasdiqladi. Qirgʻiziston “Qumtor”ga 2009-yildayoq barslar va Qizil kitobga kirgan boshqa yovvoyi hayvonlar mavjud boʻlgan yer uchastkasini berishga rozilik bildirgan edi. Konsession Bitimga koʻra buning evaziga hukumat “Senterra”da qoʻshimcha aksiyalarga egalik qiladi. Biroq, 2012-yilda hukumat jamoatchilik va ekologlarning bosimi ostida oʻz qarori bilan uchastkani kon sifatida foydalanish uchun qoʻriqxona tarkibidan chiqarishni taqiqladi.

Hukumat Yangi Strategik Bitim deya atayotgan kelishuvga koʻra, vazirlar mahkamasining 2012-yilgi qarori bekor qilinadi, hamda 2009-yilgi Konsession Bitim kuchga kiradi. Boshqacha aytganda hukumat oʻn yil muqaddam oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajaradi xolos, deydi “Qыrgʻыzaltыn” OAJ boshqaruvi raisi Almaz Alimbekov.

“2009-yilgi konsession bitim tasdiqlanayotganida Qumtorga kondan qoʻshimcha 26 ming gektar yer ajratilgan edi. Ammo 2012-yilda hukumat oʻz qarori bilan maydonni 10 ming gektargacha qisqartirdi. 2009-yilgi bitim boʻyicha zimmamizga olgan majburiyatlarni bajarish maqsadida ularga 16 ming gektar yerni qaytardik. 2009-yildagi Bitim boʻyicha qoʻshimcha 26 ming gektar yer berishimiz evaziga “Senterra”dagi aksiyalarimizni 15 foizdan 33 foizgacha oshiramiz”, -deydi Alimbekov.

Sarichat-Ertash qoʻriqxonasining umumiy maydoni 134 ming gektarni tashkil qiladi. Tabiiy majmua hududida maydoni 14 kilometrdan koʻproq yirik Petrov muzligi joylashgan. Qoʻriqxonada qor barsi, arxar va togʻ echkisi kabi noyob hayvonlar bor. Davlat qoʻriqxonasi 1995-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibiga Qoyondu, Qora Soy va Uch Koʻl uchastkalari kiradi.