French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qirgʻiziston Bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev Toshkentga keldi
10:17 / 2019-11-01

Qirgʻiziston Bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.


Qirgʻiziston Bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.Abduhakimov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Toshkentda 1-2-noyabr kunlari oʻtadigan nufuzli anjumanda SHHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Muzokaralar yakuni boʻyicha SHHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.