Qirgʻiziston bojxona xizmatining sobiq rahbari qoʻlga olindi
Ozarbayjon huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Interpol orqali qidiruvga berilgan Qirgʻiziston bojxona xizmatining sobiq rahbari Adamqul Junusov qoʻlga olindi, deb yozadi “Report.az”.
Ozarbayjon huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Interpol orqali qidiruvga berilgan Qirgʻiziston bojxona xizmatining sobiq rahbari Adamqul Junusov qoʻlga olindi, deb yozadi “Report.az”.
Sobiq amaldor Haydar Aliyev nomli xalqaro aeroportda qoʻlga olingan. Yaqin orada Ozarbayjonga bir guruh tergovchilar keladi va Junusov vataniga ekstraditsiya qilinadi. Mansab vakolati suiisteʼmolida ayblanayotgan Junusov 2013-2016 yillarda qirgʻiz bojxona xizmatiga rahbar boʻlgan.