Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qing‘irliklar yuzaga kelmasligi uchun koronavirus bo‘yicha ajratilayotgan mablag‘larga parlament nazorati muhim
12:55 / 2022-01-18

ONLAYN

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi davom etmoqda.

Majlisda Qonunchilik palatasining 2021 yildagi faoliyati qizg‘in muhokama qilindi. Sarhisob yuzasidan so‘z olgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Solihov ayni pandemiya sharoiti deputatlardan yanada faollikni talab qilishini alohida ta’kidladi. Xususan, deputat koronavirus pandemiyasi uchun ajratilayotgan byudjet mablag‘lari ustidan samarali parlament nazoratini o‘rnatish muhimligini qayd etdi.  

Bu, albatta o‘rinli taklif. Zero, pandemiya sharoitida ushbu xavfli virus bilan kasallanganlarni davolash va uning oldini olishga juda katta mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Uning maqsadli va samarali sarf etilishi esa natijadorlikka xizmat qiladi.
Afsuski, «Otning o‘limi, itning bayrami» qabilidagi ayrim qing‘irliklar yuzaga kelishi mumkinligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu kabi holatlarni bartaraf etishda esa parlament nazorati muhim hisoblanadi.  


Muhtarama Komilova, O‘zA