Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi
09:45 / 2023-07-05

Buxoroda bir yil oldingi “poraxo‘rlik” jinoyati fosh etildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.  

Romitan tumani Samosiy mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro T.G. Vobkent tumani Rozmoz mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro V.A. ismli shaxs bilan oldindan o‘zaro til biriktiradi. Natijada Shofirkon tumani Pattaxon mahallasida yashovchi boshqa bir fuqaro R.S. ni aldab, ishonchini suiiste’mol qilishadi. Vakolatli tanishlari orqali uni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli korxonaga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1300 AQSH dollari miqdorida pora berishga dalolat qilishadi. 2022 yil avgust oyi boshlarida undan 6 million 500 ming so‘m va 700 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, o‘zlarining shaxsiy manfaatlariga sarflab yuborganliklari aniqlanadi.  

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.A. ismli shaxs muqaddam olgan pulidan 1 million so‘mini o‘zining yashash uyi oldida fuqaro R.S. ga qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.  

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar V.A. hamda T.G. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

Zarif Komilov, O‘zA