Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqdi
18:06 / 2023-05-04

Xorazm, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda, fuqaro G.A. fuqaro I.O.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 500 AQSH dollari evaziga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Urganch shahridagi shifoxonasiga ishga joylashtirib qo‘yishni aytib, 1 500 AQSH dollari va 5,5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, Departamentning Rishton tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda, fuqarolar B.T. va B.U. fuqaro B.O.ning ishonchiga kirib uni Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘inga qarshi kurashish bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departamentning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.J. fuqaro G.Sh.ni Zarafshon shahar Markaziy kon boshqarmasiga qarashli tashkilotlardan biriga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 13 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

A.Shokirov, O‘zA