Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimorboz profilaktika inspektoriga har oyda 800 ming so‘m pora berishni taklif qildi
15:14 / 2020-01-20

Qimor o‘ynash xavfli va og‘ir oqibatlarga olib keladigan huquqbuzarlikdir.


Qimor o‘ynash xavfli va og‘ir oqibatlarga olib keladigan huquqbuzarlikdir. Bu illatga berilgan odamning oilasi barbod bo‘lishi, o‘zi esa boshqa jinoyat yo‘llariga kirib ketishi hech gap emas. Shu bois bu illat muqaddas islom dinida ham qoralanadi.

Qonunchiligimizda esa bu o‘yin bilan shug‘ullangan kimsalarga tegishli jazo choralari qat’iy belgilab qo‘yilgan. Quva tumanida ana shu o‘yin bilan xufyona tarzda shug‘ullanib yurgan kimsa o‘z qilmishini yashirish maqsadida boshqa bir jinoyatga qo‘l urdi.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, qimorboz joriy yilning 17 yanvar kuni Quva tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektoriga murojaat qilib, kutilmagan taklifni o‘rtaga tashlaydi.

Qimorboz profilaktika inspektoriga Quva tumani Bo‘ston mahallasidagi oshxonalarning birida qimor o‘yini tashkil etishayotgani, bu harakatlariga ko‘z yumib, qonuniy chora ko‘rmasdan yursa har oyda 800 ming so‘mdan pora berib turishni taklif qiladi.

Profilaktika inspektori fuqaroga qimor o‘ynash huquqbuzarlik, qimorxona tashkil etish esa jinoyat ekanligi, davlat organi xodimiga pora taklif qilishning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirdi. Fuqaroning bu xatti–harakati haqida rahbariyatga bildirgi bilan murojaat qildi.

Uning bildirgisi asosida o‘tkazilgan tadbir chog‘ida fuqaro 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni profilaktika inspektoriga pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlandi. Mazkur tadbir davomida fuqaro aytgan manzilda bir guruh shaxslar tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlarini o‘ynayotganligi ham fosh bo‘ldi. Qimorxonadan 650 ming so‘m miqdoridagi pullar, qarta va oshiq toshlari xolislar ishtirokida, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.