Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimor o‘yinlarini reklama qilgan blogerlar javobgarlikka tortildi
10:55 / 2026-02-19

Raqobat qo‘mitasi tomonidan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklamalarning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan o‘rganishlar davomida ayrim mashhur blogerlar o‘z sahifalarida bukmekerlik xizmatlari hamda qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi videoroliklar joylashtirgani aniqlandi. Xususan, bir necha yuz minglab obunachiga ega bo‘lgan blogerlar  

F.Shirinboyeva hamda D.Baxtiozin tomonidan qimor o‘yinlarini reklama qiluvchi materiallar tarqatilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar sud organlariga yuborildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, mamlakat hududida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish qat’iyan taqiqlanadi. Mazkur talablarni buzish qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu bois, Raqobat qo‘mitasi blogerlar va reklama tarqatuvchi shaxslarni amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.

Nigora Rahmonova, O‘zA