Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimor o‘yini tashkil etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
11:21 / 2024-01-26

Farg‘ona viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida qimor o‘yini tashkil qilgan jinoiy guruh fosh etildi. 1962 yilda tug‘ilgan, Quva tumani, Qalinpo‘stin MFYda yashovchi A.T. jinoiy sherigi 1974 yilda tug‘ilgan, Qayrag‘och MFYda yashovchi N.M.bilan bir guruh bo‘lib qimor va tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz o‘yini tashkil qilgan.Ushbu jinoiy faoliyatga yana 3 nafar shaxsni sherik qilib, Farg‘ona shahar "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘inida 400 nafar ishtirokchini jalb qilgan holda “Xo‘roz urishtirish” uchun sharoit yaratib, ishtirokchilarning har biridan 50 ming so‘mdan pul yiqqan vaqtda ushlandi.

Bundan tashqari, tadbir davomida kassadan 84 million 356 ming so‘m, 3 ming 750 AQSH dollari, 8 ming 741 Qirg‘iziston somi, qimor o‘yinga kelgan shaxslardan 14 million so‘m pullar, 14 dona xo‘roz va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.  

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

M.Sulaymonov,  

O‘zA muxbiri