Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
14:45 / 2024-04-29

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish va uni qo‘llash hamda investitsiya vositachilari tomonidan mijozlar bilan shartnoma tuzish jarayonida ularning shaxsiy ma’lumotlarini olish maqsadida mijozlarni tekshirish tizimini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom  tasdiqlandi.

Mazkur Nizom investitsiya vositachilari tomonidan rezident va norezident jismoniy, shu jumladan, yuridik shaxs nomidan harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish, shuningdek, mijozlar bilan shartnoma tuzish vaqtida ularning shaxsiy ma’lumotlarini olish maqsadida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, “O‘z mijozingni bil” (KYC, e-KYC) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/CFT) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish tartibini belgilaydi.

Qarorga  ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibidan foydalanish jarayonida “O‘z mijozingni bil” (KUS, ye-KYC) tizimiga muvofiq hamda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/CFT) tizimiga asosan qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlar bilan shartnoma tuzish paytida mijozlarni tekshirish tizimini amalga oshirish tartibiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.

Bunda doimiy nazorat Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

                                                                                                                     O‘zA