French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimmatga tushgan yer
14:49 / 2026-03-04

Qonunchilikka muvofiq, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va qonuniy huquqi bo‘lmagan holda ulardan foydalanish qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sirdaryo viloyatida fuqaro B.X. o‘zboshimchalik bilan yer maydonini egallab, noqonuniy bino barpo qilgani uchun Kadastr agentligi tomonidan unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanishi haqida bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga umumiy 82,4 million so‘m miqdorida jarima solindi.

Mazkur qaror ijrosi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan qat’iy tartibda ta’minlandi. Ijro hujjati talablari javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagani bois, Majburiy ijro byurosi tegishli majburiy harakatlarni amalga oshirdi. Natijada qarzdorning ko‘chmas mulki va avtotransport vositalari xatlanib, davlat byudjetini to‘liq qoplash uchun zarur choralar ko‘rildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, qarzdordan 82 mln. 400 ming so‘m jarima va 4 mln. 120 ming so‘m ijro yig‘imi to‘liq undirildi va qaror ijrosi ta’minlandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri