Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimmatbaho toshlar xomashyo sifatida O‘zbekistonga olib kirishda QQSdan ozod qilinadi
15:49 / 2024-01-30

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

— Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, xom ashyo xaridi, ishlab chiqarilgan mahsulot savdosining katta qismi yashirin tarzda amalga oshirilmoqda va tashkil etilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari to‘laqonli faoliyat ko‘rsatmayapti, — dedi qo‘mita raisi Sh.Nazarov. — Ushbu qonun loyihasi zargarlik sohasini mahalliy sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub’ektlarining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, u bilan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar berilmoqda.  

Xususan, loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho toshlarni xomashyo sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan vaqtinchalik (2027 yil 1 yanvarga qadar) ozod qilish nazarda tutilyapti.  

Qonun loyihasi shu yilning 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan berilgan fikr-mulohazalar asosida takomillashtirish uchun qo‘mitaga qaytarilgan edi. O‘tgan davrda qo‘mita tomonidan berilgan takliflar ishchi guruh a’zolari ishtirokida chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyati loyihani takomiliga yetkazishda e’tiborga olindi va qonun loyihasi maromiga yetkazildi.  

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA