Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimmatbaho minerallar: G7 ta’minotni diversifikatsiya qilmoqda
15:12 / 2026-01-13

G7 mamlakatlari va boshqa kuchli iqtisodiyotga ega davlatlar moliya vazirlari Vashingtonda Xitoy qimmatbaho minerallariga qaramlikni kamaytirish masalasini muhokama qildi.

AQSH moliya vaziri Skott Bessent tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Kanada, shuningdek Avstraliya, Meksika, Janubiy Koreya va Hindiston vakillari ham qatnashdi.

Mutaxassislar ta’minot zanjirini diversifikatsiya qilish va “de-risking” (xatarlarni kamaytirish) yo‘llarini ko‘rib chiqdilar.

Kun chiqar yurt moliya vaziri Satsuki Katayama qisqa, o‘rta va uzoq muddatli strategiya, jumladan mehnat sharoiti va inson huquqini hurmat qilgan bozor yaratish, davlat moliya institutlari ko‘magidan foydalanish, soliq va moliyaviy rag‘bat, savdo va boj chorasini qo‘llash hamda eng past narxni belgilashni taklif qildi.

Germaniya moliya vaziri Lars Klingbeyl ta’minotni mustahkamlash bo‘yicha sheriklik mavzusini muhokama qilish zarurligini ta’kidlarkan, hali ko‘plab masalalar hal etilmaganiga urg‘u berdi.

Janubiy Koreya moliya vaziri Ku Yun Chxol esa qayta ishlash orqali mustahkam ta’minot zanjirini yaratish lozimligiga e’tibor qaratdi.

XXR dunyo bo‘yicha qimmatbaho minerallarning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lsa, global talabning 60 foizi G7 va YeI hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday minerallar mudofaa texnologiyasi, yarim o‘tkazgich, qayta tiklanuvchi energiya unsurlari va batareya ishlab chiqarishda muhim komponent hisoblanadi.

Musulmon Ziyo, O‘zA