Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimmatbaho metallar narxi keskin pasaydi
08:11 / 2026-02-14

13-fevral kuni tongda qimmatbaho metallar bozorida kutilmagan pasayish kuzatildi.

Oltin narxi 5 100 dollardan 4 900 dollargacha tushib, 2,8 foiz arzonlashdi. Kumush narxi esa 10 foizdan ko‘proq tushib ketdi.

Tahlilchilar bu holatni texnologiya aksiyalari qiymati pasayishi va Federal zaxira tizimi (FZT) foiz stavkasini yaqin orada pasaytirmasligi haqidagi taxminlar bilan izohlamoqda.

Ekspertlar fikricha, bozor tebranishining sababi "fundamental" omildan ko‘ra, ko‘proq "oqimga asoslangan". Sarmoyadorlar texnologiya aksiyasi pasaygan bir paytda likvidlik izlab, aktivlarini ommaviy sotishga kirishgan.

Shuningdek, AQSHda e’lon qilingan kuchli bandlik ma’lumoti FZT tomonidan foiz stavkasi tezda pasaytirilishi ehtimolini kamaytirdi. Natiajada dollar mustahkamlanib, qimmatbaho metallar narxiga bosim kuchaydi.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA