Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimmatbaho metallar narxi keskin oshdi
13:52 / 2026-01-23

Geosiyosiy keskinlik hamda global iqtisodiy noaniqlik sabab sarmoyadorlarning AQSH aktivlariga ishonchi pasayib bormoqda. Natijada qimmatbaho metallar, jumladan oltin, kumush va platina narxida misli ko‘rilmagan o‘sish kuzatilmoqda.

23 yanvar kuni oltin narxi yana bir bor tarixiy rekordni yangiladi: Spot bozorida unsiyasi 0,3 foiz qimmatlashib, 4 951,91 dollarga yetdi. Kun davomida esa narx 4 966,59 dollargacha ko‘tarilib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

Shuningdek, fevral oyida yetkazib beriladigan AQSH oltin fyucherslari ham sezilarli o‘sish darajasini namoyish etdi: narx 0,8 foiz ko‘tarilib, bir unsiya uchun 4 952,80 dollar ko‘rinish oldi. Kumush va platina ham o‘sish an’anasini saqlab qolib, tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga yaqinlashdi.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA