French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi yangi tartiblar
11:57 / 2025-09-22

Markaziy bankda jurnalist va blogerlar uchun “Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi yangi tartiblar” mavzusida media-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot formatidagi uchrashuvda xalqaro zaxiralarni boshqarish amaliyoti, aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirishning yangi tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.  

Xalqaro zaxiralarga xalqaro valyuta fondidagi mablag‘ jalb qilishga doir maxsus huquqlarni va zaxira pozitsiyasi, chet el valyutasi, chet el hukumatlari, xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan chiqarilgan yoki kafolatlangan qimmatli qog‘ozlar, xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro zaxiralar tarkibiga kiritiladigan boshqa aktivlar kiradi.  

[gallery-25372]

Xalqaro zaxiralarni boshqarishda istiqboldagi rejalar ikkiga bo‘linadi. Avtomatizatsiya va diversifikatsiya. Xalqaro moliya bozorlarida amalga oshiriladigan operatsiyalar va ularning hisobini yuritish bo‘yicha Markaziy bankning axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan zamonaviy dasturiy ta’minotni tatbiq etish ishlari olib borilmoqda.

Diversifikatsiyada halqaro zaxiralarni diversifikatsiya qilish jarayoni davom etishi ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda aytish joiz, Markaziy bank quymalarning sotish va sotib olish narxini e’lon qiladi. Banklarga vositachilik haqi 1 foiz to‘laydi.

Bank shoxobchalari orqali quymalarni Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan narxlarda sotadi va qaytarib sotib oladi. Mijoz esa shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi. Xarid qilingan quymalarni olib ketishga majbur.

Tadbirda qayd etilishicha, bank tomonidan mijozlarga qimmatbaho metallarni elektron ko‘rinishda sotish va qaytarib sotib olishi mumkin. Bank mijozga shartnoma, ommaviy offerta asosida metall hisob-varaqni ochadi. Bank qimmatbaho metallarni sotish va qaytarib sotib olish narxlarini metallning jahon bozoridagi SPOT narxi asosida mustaqil belgilaydi. Metallni so‘mda sotib olishi mumkin. Hisob-varaqdagi metallni boshqa bankdagi metall hisob-varaqga o‘tkazishi mumkin.

Tadbirda tijorat banklari vakillari ham ishtirok etib, yangi tartib orqali joriy etilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.  

Sh.Mamaturopova,

O.Pardayev (surat),

O‘zA