2026 yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
Farg‘ona shahridagi “Beshbola” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlik va tomorqachilikni hayot tarziga aylantirgan oilalar ko‘p. Ana shunday xonadonlardan biri Quva ko‘chasida istiqomat qiluvchi Farhodjon Haydarovlar oilasidir.
F. Haydarov 2019 yildan buyon atigi 2 sotix yer maydonida qurilgan issiqxonada limon yetishtirish bilan shug‘ullanib keladi. Bu issiqxonadan yil davomida 1,5–2 tonna hosil olinadi.
[gallery-26986]
Issiqxonada tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan, limon ko‘chatlari muntazam parvarish qilinadi. Qishki mavsumda yig‘ilgan hosil maxsus omborda saqlanib, meva sifatini yo‘qotmaydi. Shuningdek, limon ko‘chatlari orasiga qish faslida qizil lavlagi ekilib, erta bahorda hosili sotuvga chiqariladi.
Farhodjon Haydarov issiqxonadan tashqari tomorqasida turli sabzavot va ko‘katlar yetishtiradi. Mevalardan tabiiy sharbatlar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA