Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida oxirgi zaruratning qonuniy mavjud bo‘lishida xavf bilan bog‘liq shartlarga amal qilinishining ahamiyati
Marjona Botir qizi JUMANAZAROVA mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada oxirgi zarurat qonuniyligining xavf bilan bog‘liq bir qator shartlari tahlil qilingan hamda xavfning manbaalari va ularga qo‘yilgan talablarning o‘ziga xosligi ilmiy jihatdan o‘rganilib, soha yetuk olimlarining mazkur masaladagi turli qarashlari keng tahlilda muhokama etilgan. Shuningdek, har bir holat bo‘yicha misollar keltirish yo‘li bilan va qonunchilik normalarini tahlil qilish orqali amaliy va nazariy xulosalar ishlab chiqilgan.
Tayanch so‘zlar: oxirgi zarurat, xavf, xavf manbai, xavfning aniqligi, xavfning haqiqiyligi, ijtimoiy xavflilik, zarar, ijtimoiy xavfli xujum.