Qilichbozlik: Zaynab Dayibekova Belgiya turnirida sovrindor bo‘ldi
Belgiyaning Gent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan “Flemish Open” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Dunyoning eng kuchli qilichbozlari ishtirokida o‘tkazilgan turnirda hamyurtimiz, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Zaynab Dayibekova sablya yo‘nalishidagi bahslarda munosib qatnashib, an’anaviy turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Mazkur yo‘nalishda oltin medal fransiyalik sportchiga nasib etdi.
Bugun, 28 sentyabr kuni xalqaro turnirning o‘g‘il bolalar musobaqasida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA