English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlik: Vakillarimiz qit’a chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi
15:55 / 2022-06-14

Janubiy Koreyaning Seul shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘tgan qit’a chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan shpagachi yigitlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning final bahsida jamoamiz Koreya Respublikasi vakillariga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz bellashuv 38:35 hisobida koreyalik «mushketyor»larning g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Osiyo chempionatida qilichbozlarimiz ilk bor final bosqichida ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritishi kelgusida jahon maydonlarida o‘tkaziladigan nufuzli o‘yinlar oldidan ruhiy ko‘tarinkilik hamda katta tajribaga ega bo‘lishini ta’minlaydi.  

O‘zA