English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlik: Toshkentda jahon kubogi bosqich musobaqalari o‘tkaziladi
11:02 / 2024-01-16

Nufuzli sport musobaqalari, "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining saralash musobaqalari qizg‘in pallaga kirayotgan bir pallada mamlakatimiz ham qator yirik chempionatlarga, jahon va qit’a miqyosidagi turnirlarga mezbonlik qilishga hozirlanmoqda.

Ana shunday musobaqalardan biri – qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon kubogi bosqichlarining 2024 yilgi mavsumining ilk musobaqasi aynan Toshkentdan boshlanadi.  

Joriy yilning 20-21 yanvar kunlari poytaxtimizda qizlar o‘rtasida shpaga bo‘yicha jahon kubogining joriy yilgi ilk bosqich bahslari bo‘lib o‘tadi.  

Bir qator davlat vakillari qatnashishi kutilayotgan musobaqalarni yuqori darajada o‘tkazish borasida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.  

Aytish lozim, qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichidagi sablyachi qizlar bahsi Ispaniyaning Segoviya shahrida, shpagachi yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlar esa Bahraynning Manama shahri mezbonligida tashkil etilishi belgilangan.  

Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizda o‘tadigan jahon kubogi bosqich musobaqalari poytaxtimizdagi “Paxtakor” qilichbozlik markaziy zalida bo‘lib o‘tadi.  

 

T.Ro‘ziyev, O‘zA