Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlik: Markaziy Osiyo davlatlarining kuchlilari “Paxtakor”da aniqlanadi
12:27 / 2021-12-16

Shu kunlarda poytaxtimizdagi “Paxtakor” sport majmuasidagi qilichbozlik zalida 2008-2010 yillarda tug‘ilgan bolalar va qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo ochiq chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

Chempionatda mamlakatimizning yosh qilichbozlari bilan birgalikda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlarining 150 nafarga yaqin sportchilari musobaqa dasturiga binoan qilichbozlikning shpaga, rapira va sablya yo‘nalishlarida bahslashishadi.

Bugun, 16 dekabr kuni yosh sportchilar shpagada jamoaviy bahslarni o‘tkazishsa, 17-18 dekabr kunlari qilichbozlikning rapira yo‘nalishida, 19-20 dekabr kunlari esa sablyadagi musobaqalarda medallar uchun kurash olib borishadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA