Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlik: Chempionat hakamlari safida hamyurtimiz ham bor
11:19 / 2022-07-20

Ayni kunlari Misr poytaxti Qohira shahrida qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungacha erkaklar va ayollar dasturidan o‘rin olgan 2 tadan yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. 

Bugun, 20 iyul kuni jahon chempionati dasturiga binoan shpaga bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida va sablyada erkaklar jamoalari o‘rtasida saralash musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sablyada yakkalik ayollar hamda rapirada yakkalik erkaklar musobaqalari tashkil etiladi.  

Misrda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallaga kirmoqda. Bugun hamyurtlarimiz 4 yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Shpaga va sablyada yigitlarimiz jamoaviy dasturda bellashsalar, Zaynab Dayibekova hamda Paola Pliyeogo sablya, Muhammad Asranov rapirada yakkalik bahslarida jang qiladi. 

Jahon chempionatida qilichbozlarimizdan hozircha Umida Ilyasova, Roman Aleksandrov, Fayzulla Alimov tomoshabinlar safidan joy oldi. Qolgan sportchilarimiz musobaqalarni davom ettirmoqda. 

Qohira sport yo‘laklarida kechayotgan jahon chempionatining biz uchun yana bir e’tiborga molik jihati, unda hamyurtimiz Dilorom Turdiqulova murosasiz bahslarni boshqarib bormoqda. 

Chempionatda hozircha medallar jamg‘arish borasida 2 ta oltin, 1 ta kumush medalga ega Fransiya terma jamoasi peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, 1 tadan oltin medallarni qo‘lga kiritgan Vengriya va Janubiy Koreya jamoalari keyingi o‘rinlarni band etib turibdi. 


T.Ro‘ziyev, O‘zA