Qilichbozlik bo‘yicha xalqaro konferensiyadan fotoreportaj
Bugun Toshkentda “Dunyoda qilichbozlikning global rivojlanishi: muammo, yechim va innovatsiyalar” mavzusidagi V xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ham qatnashdi.
Xalqaro qilichbozlik akademiyasi, Osiyo, Pan Amerika va Afrika qilichbozlik Konfederatsiyalari hamkorligida tashkil etilayotgan konferensiya mazkur sport turining mintaqalardagi rivojini oshirish yuzasidan ahamiyatli hisoblanadi.
[gallery-25057]
Tadbirda so‘z olgan rasmiylar mamlakatimizda qilichbozlik rivoji yangi bosqichga ko‘tarilayotgani, kelasi yil Toshkent mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga katta tayyorgarlik olib borilayotgani xususida to‘xtaldi.
Konferensiya ikki kun davom etadi. Unda ko‘plab mutaxassislar butun dunyoda qilichbozlik ommaviyligini oshirish yuzasidan turli mavzularda ma’ruza qiladi.
O‘zA fotomuxbiri
Muhammad AMIN olgan suratlar.