Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlik bo‘yicha reyting turniri nihoyasiga yetdi
22:12 / 2021-09-26

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tayotgan satellit turniri nihoyasiga yetdi.

Mazkur nufuzli musobaqada Iroq, AQSH, Turkiya, Filippin, Italiya, Boliviya, Eron, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi davlatlarning sportchilari o‘z mahoratini namoyish etdi.

Kecha qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tgan yakkalik bahslarida vakillarimiz Muhammad Yusuf Asranov va Ahmadilloxon Solihojiyev bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Bugun qizlarimiz ham qimmatli reyting ochkolarini hadya etuvchi ushbu turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Umida Ilyosova va Madinabonu Parpiyeva ham nufuzli turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

[gallery-4049]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA