English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlik bo‘yicha o‘zbekistonlik ayol hakam “Parij-2024”da ishtirok etadi
10:40 / 2023-12-09

2024 yili Parij shahrida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi va ushbu tashkilot direktorlar kengashi musobaqalarning shpaga yo‘nalishida hakamlik qiluvchi referilar tarkibini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu qarorga ko‘ra O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining xalqaro toifadagi referisi Dilorom Turdiqulova to‘rt yillikning eng nufuzli sport tadbiri bo‘lgan Olimpiya o‘yinlarining shpaga bahslarida hakam sifatida ish olib boradigan bo‘ldi.
 

Ma’lumot uchun, Dilorom Turdiqulova bir necha yillar davomoda Osiyo va jahondagi yirik musobaqalarda o‘z mahorati va salohiyatini to‘la namoyon etib, hakamlik qilgani bois “FIE”ning kuchli referilari sifatida birinchilar qatorida e’tirof etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA