FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Paxtakor» sport majmuida 13 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi.
Barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri yosh sportchilari ushbu musobaqada ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyon etish imkoniga ega bo‘lishgan.
[gallery-23714]
Musobaqa rapira yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahslari bilan boshlandi. Unda 42 nafar qiz bola hamda 39 nafar o‘g‘il bola o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda. Ahamiyatlisi, ushbu bahslar 2024–2025 yilgi qilichbozlik sport mavsumining yakuniy musobaqasi bo‘lib, unda yil davomida orttirilgan tajriba va tayyorgarlikning natijalari ko‘rikdan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston kubogi bahslari 7 iyunga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA