Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlik: "Andijon 1" jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi
12:59 / 2023-10-27

Qilichbozlik bo‘yicha poytaxtimizda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogida rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar yakunlandi.

Unda erkaklar o‘rtasidagi bahslarda "Andijon 1" jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni "Toshkent", "Toshkent 2" va "Farg‘ona 1" jamoalari egalladi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda "Toshkent 1", "Farg‘ona 2", "Toshkent 2" hamda "Farg‘ona 1" jamoalari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogining navbatdagi kunida qilichbozlar shpaga yo‘nalishida yakkalik va jamoaviy bellashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA