Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlarimizning navbatdagi muvaffaqiyatlari
10:17 / 2026-01-16

Bahraynning Manama shahrida kadet va o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston, Hong Kong, Turkiya, Singapur, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Braziliya kabi 20 dan ortiq davlatdan kelgan sportchilar o‘zaro raqobatlashmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqaning kadetlar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Sanam Nazarova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishdagi oltin medal Li Man Vayga (Hon Kong) nasib etgan bo‘lsa, tayvanlik Lin Ariyel bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Musobaqada ishtirok etgan Ozodaxon Usmonjonova 5, Go‘zal Toshmuhammadova 6-o‘rindan joy oldi. Jahon kubogi joriy yilning 18 yanvar kuniga qadar davom etadi. Ayni damda o‘smirlar o‘rtasida yakkalik va juftlik bahslari o‘tkazilmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA