Qilichbozlarimizning jahon chempionatidagi muvaffaqiyati
Xitoyning Usi shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqaning navbatdagi kunida sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jamoaviy dastur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Samira Shokirova, Fernanda Errera, Ayako‘z Jumamuratova hamda Gulistan Perdebayevadan iborat qizlar jamoamiz 33 ta terma jamoa orasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa tarkibida Zuhriddin Qodirov, Islom Abdazov, Musa Aymuratov va Sardor Abdukarimbekov kabi iqtidorli qilichbozlar o‘rin olgan termamiz shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA