Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlarimiz yangi mavsumga jiddiy tayyorlanmoqda
15:45 / 2026-01-04

O‘tgan mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagan qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2026 yil hisobidagi dastlabki xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Rejaga ko‘ra, joriy yilgi mavsumda 7 yanvardan boshlab terma jamoamiz vakillari turli davlatlarda o‘tadigan musobaqalarga yo‘l oladi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, 8–11 yanvar kunlari BAA mamlakatida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha o‘tadigan jahon kubogi bosqichida Meyirxan Timurov, Javohir Nurmatov, Ahmad Fayziyev, Nurmuhammad Mo‘minov, Dilnaz Murzatayeva, Malika Hakimova, Sevara Rahimova hamda Shahzoda Egamberdiyeva ishtirok etadi.

Tunis mezbonligida o‘tadigan sablya bo‘yicha Gran-pri turkumidagi turnir 9–11 yanvar kunlari tashkil etiladi. Unda Islom Abdazov, Musa Aymuratov, Sardor Abdukarimbekov, Zuhriddin Qodirov, Alpomish O‘roqboyev, Zaynab Dayibekova, Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Samira Shokirova hamda Nargiza Jaksibayeva 2026 yildagi ilk medallar uchun bellashadi.

Shu kunlari Fransiyada rapira bo‘yicha jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda Ilyas Molina, Ahmadilloxon Solixo‘jayev, Radmir Semeneyev va Ulug‘bek Usmonovdan iborat terma jamoamiz ishtirok etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA