Qilichbozlarimiz tantanali kutib olindi
Joriy yilning 20–27-fevral kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada yurtimiz sportchilari munosib ishtirok etib, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, sablya yo‘nalishida qizlar va yigitlar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda milliy terma jamoamiz 2-o‘rinni egalladi.
Bugun Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimiz tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Qilichbozlik federatsiyasi raisi o‘rinbosari Hayot Zakirov, vazirlik va federatsiya mutasaddilari, sportchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA