Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlarimiz jahon kubogida qatnashadi
12:22 / 2019-03-18

Shu yil 19-25 mart kunlari Xitoyning Chendu shahrida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi.


Shu yil 19-25 mart kunlari Xitoyning Chendu shahrida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Qilichbozlik sportining shpaga yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqalar esa Argentinaning Buenos-Ayres shahrida tashkil etiladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ertaga boshlanadigan shaxsiy hamda jamoaviy yo‘nalishdagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz ushbu musobaqaga Moskva viloyatida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida qizg‘in hozirlik ko‘rishdi.

Jahon kubogi bahslarida terma jamoamiz quyidagi tarkibda qatnashadi:

Fayzulla Alimov

Javohir Nurmatov

Roman Aleksandrov

Matvey Kremnev

Abdulvosit Nasriddinov

Malika Hakimova

Veronika Rojkova