Qilichbozlar Toshkentda raqobatlashmoqda
Poytaxtimizda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining sobiq bosh hakami, xalqaro darajadagi referi Aida Hasanova xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning shpaga yo‘nalishi yakkalik bahslarida qizlardan Munira Murzatayeva, Asal Toshmuhammedova, Alina Kuralbekova hamda Dildora Mutalipova shohsupaga ko‘tarildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda Vadim Bagautdinov o‘g‘il bolalar o‘rtasida zafar quchgan bo‘lsa, G‘aybulla Abdullayev kumush medaliga ega chiqdi. Umid Joniqulov va Ozodbek Savronov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Rapira yo‘nalishidagi jamoaviy bahslarda Qozog‘iston terma jamoasi o‘g‘il bolalar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qizlar orasida Toshkent shahrining to‘rtinchi jamoasi barcha raqiblarini yengdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA