Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida 23 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Qilichbozlikning sablya yo‘nalishidagi yakkalik bahslarida Azizbek Dauletnazarov va Azizbek Karimboyev so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida raqobatlashdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda A.Dauletnazarovning qo‘li baland keldi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Adiz Inoyatov va Muhammadali Tursunboyev kabi yosh qilichbozlarimiz ushbu toifada bronza medali bilan taqdirlandi.
Qizlar orasida o‘tkazilgan bahslarda Sevara G‘aniyeva, Nurhayot Qalniyozova, Bibioysha Husanboyeva, Sofiya Makarova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Kubok bahslarida shpaga bo‘yicha jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi. Unda Andijon jamoasi o‘g‘il bolalar o‘rtasida bosh sovringa ega chiqqan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston qizlar jamoasi mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA