English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qilichbozlar O‘zbekiston kubogi bahslarini boshladi
23:20 / 2025-10-21

FOTOREPORTAJ

Kecha poytaxtimizdagi «Paxtakor» qilichbozlik majmuida 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mamlakat kubogi bahslari boshlandi. 

Ilk bahslar sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahslarida o‘tkazildi. O‘yin natijalariga ko‘ra, yakkalik bahslarida (qizlar)  Nargiza Uteboyeva (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Keyingi o‘rinlar Salima Ro‘ziyeva (Toshkent), Feruza  Sherniyozova (Nukus) va Bibioysha Karimova (Toshkent)ga nasib etdi. O‘smirlar bahsida Adiz Idoyatov (Toshkent)ga teng keladigan raqib topilmadi. Alisher Joldasbayev (Nukus) 2-, Saidibrohim Alimov (Toshkent) va Nurlan Joldasbayev (Nukus) 3-o‘rinlarga loyiq ko‘rildi.

[gallery-25845]

Musobaqalar davom etmoqda.

O‘zA fotomuxbiri

Muhammad AMIN olgan suratlar.