Qilichboz yigit-qizlarimiz Turkiyada oltin medalli bo‘ldi
Xabar berganimizdek, Turkiyaning Antalya shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogining navbatdagi bosqichi mamlakatimiz sportchilari uchun omadli kechdi.
Yosh sportchilarimiz yakkalik bahslarda muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda qizlar va yigitlar terma jamoasi oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining yigitlari jahon kubogi bosqichi bahslarida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lub etgan bo‘lsa, mamlakatimizning qizlar terma jamoasi Bolgariya, Polsha va Italiya terma jamoalarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yigitlar o‘rtasidagi sovrinli o‘rinlar Turkiya va Ruminiya jamoalariga, qizlar musobaqasida esa Italiya va Polsha terma jamoalari hamyurtlarimizdan keyingi o‘rinlarni egallashdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA