Qilichboz qizlarimiz Osiyo chempionatida kumush medalli bo‘ldi
Jakarta shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi sablya bo‘yicha jamoaviy dasturda kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Mazkur yo‘nalishdagi bahslarda Errera Lara Luiza Fernanda, Nargiza Jaksibayeva, Ayako‘z Jumamuratova va Nargiza Utebayeva kabi mahoratli sablyachilardan tashkil topgan terma jamoamiz 1/8 finalda Avstraliya jamoasini 45:18, yarim finalda esa Qozog‘iston terma jamoasini 45:37 hisobida taslim etib, finalga yo‘l oldi. Afsuski, ushbu bosqichda qilichbozlarimiz Xitoy jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun chempionat doirasida sablya va shpaga bo‘yicha erkaklar terma jamoalari, shuningdek, rapira bo‘yicha ayollar o‘rtasida jamoa bahslarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA