Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qidiruvdagilar ushlanib, bedarak yo‘qolganlar qaytarildi
17:26 / 2025-12-23

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi doirasida Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizimlari tomonidan manzilli tezkor tadbirlar amalga oshirildi.

Tadbir davomida jinoyat sodir etgani va boshqa holatlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 85 nafar shaxs ushlandi, 38 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro o‘z oilasiga qaytarildi. Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan 914 nafar qidiruvdagi shaxs viloyat IIBB va uning quyi tizimlari tomonidan qo‘lga olinib, qonun ustuvorligi va jazoning muqarrarligi ta’minlandi. 

Xususan, 1954 yili tug‘ilgan, Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, 22 yil davomida yashirinib kelgan fuqaro(J.B.)ning yashayotgan manzili aniqlanib, Qozog‘iston Respublikasidan ushlab kelindi. Shuningdek, qotillik, nomusga tegish, odam savdosi, bosqinchilik kabi og‘ir jinoyatlarni sodir etib, 10-15 yil davomida yashirinib yurgan 40 nafar shaxs Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va BAA hududlarida aniqlandi. Ular O‘zbekistonga olib kelindi va qonuniy choralar ko‘rildi. 

Shu bilan birga, turli sabablar tufayli bedarak yo‘qolgan mingga yaqin fuqaroning manzili aniqlanib, ular yaqinlari bag‘riga qaytishi ta’minlandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil va doimiy ravishda davom ettirilmoqda. 

A.Musayev, O‘zA.