Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qidiruvdagi shaxslar va transport vositalari topildi
12:46 / 2022-10-20

Fuqarolar va tadbirkorlarning huquq, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash, sud va boshqa organlar hujjatlarini o‘z vaqtida, sifatli ijro etish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro Byurosi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Byuroning Navoiy viloyati boshqarmasi Qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan qidiruvdagi qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklari turgan joyni aniqlash, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida qidiruv tadbirlari o‘tkazilyapti. Natijada joriy yilning o‘tgan davri Natijada joriy yilning o‘tgan davrida 415 nafar jismoniy shaxs va 237 ta avtotransport vositasi topildi.

Ayni paytda esa 72 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Ularning 49 nafari respublika hududida yashirinib yurganligi, 23 nafari esa chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan.

– Olib borilgan tezkor tadbirlar samarasida, birgina joriy yilning sentyabr oyida 50 nafar jismoniy shaxs va 21 ta avtotransport vositasi qidirib topildi, – deydi boshqarma Qidiruv sho‘’basi inspektori Muhammad Roziqov. – Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro M.S. va Uchquduq tumanida yashovchi F.R. aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan ular 2021 yildan buyon yashash manzilini o‘zgartirib, aliment majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan. O‘tgan davr mobaynida esa ularning 116 million so‘m alimentdan qarzdorligi yig‘ilib qolgan. Tezkor tadbirlar davomida ular bir kunda Toshkent shahridan topilib, davlat ijrochilariga topshirildi va qarzdorlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi. Shuningdek, aliment majburiyatini bajarmasdan 2019 yilda Rossiya davlatiga chiqib ketgan Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro Sh.T. O‘zbekistonga kelganida Toshkent shahridan ushlanib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.  

Hozirda Qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan qidiruvdagi qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklari turgan joyini aniqlash, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida samarali va tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA