Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qidiruvdagi shaxslar ushlandi
12:37 / 2023-12-07

Toshkent viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbirlar doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sir o‘tkazishga uringan shaxslar qo‘lga olinmoqda.

Xususan, huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida 34 nafar jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 23 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olindi.  

Tadbir davomida, noqonuniy saqlab kelingan 13 dona pnevmatik va ov qurollari, o‘q-dori va elektroshoker, turli hajm va ko‘rinishdagi pichoqlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, giyohvandlikka oid 50 dan ziyod holat fosh etildi. Bunda aniqlanishicha, 11 kilogramm giyohvandlik moddalari va 8 ming 703 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan chiqarildi.  

Tezkor qidiruv tadbirlarida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 64 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.  

A.Musayev,O‘zA.