Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qidiruvdagi shaxs Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyatida yashirinib yurgani ma’lum bo‘ldi
09:04 / 2021-03-26

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 46, 169-modda 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilgan fuqaro X.S.sud organlaridan yashirinib yurgan.

Fuqaroga Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tumani sudi tomonidan 2020 yil 10 fevral kunidan buyon qidiruv e’lon qilingan.

Aniqlanishicha, Romitan tumani “Chandir” MFYda ro‘yxatda turuvchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro X.S. viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyati hududida yashirinib kelgani aniqlangan.

Natijada O‘zbekiston Respublikasiga kelishi ta’minlanib, “Buxoro xalqaro aeroporti”da qo‘lga olindi. Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazoni ijro etish bo‘limiga qarashli 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Zarif Komilov,  O‘zA