English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qidiruvdagi qizaloq topildi
13:19 / 2023-03-28

Urgutlik R.R. va X.G. bir necha yil oldin shirin orzular bilan oila qurgan edi. Yillar o‘tib, oilada qizaloq farzand dunyoga kelgan. Afsuski, ota-onaning kelishmovchiliklari sabab ushbu oila parokanda bo‘ldi. Farzand esa sarson. Uning tarbiyasiga qayg‘uradigan kimsa qolmadi.

Shunday vaziyatda ota sudga murojaat qildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tumanlararo sudi 2022 yil 21 dekabrda voyaga yetmagan – 2017 yilda tug‘ilgan X.Sh.ni otaning tarbiyasiga olib berish haqida qaror qabul qildi. Ushbu qaror Byuroning Urgut tuman bo‘limiga kelib tushgach, ijro harakatlari boshlangan. Biroq, javobgarning ko‘rsatilgan manzilida qizaloq topilmadi.  

– Mazkur holat bo‘yicha boshqarma qidiruv bo‘limi tomonidan qidiruv ishlar olib borildi, – deydi MIB Samarqand viloyati boshqarmasi inspektori To‘rajon Jalilov. – Qidiruv harakatlari davomida qizaloq Samarqand tumanidan topilib, otaning tarbiyasiga olib berildi.  

 

G‘.HASANOV,  

O‘zA