Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qidiruvdagi ota aliment qarzdorligini to‘ladi
17:06 / 2021-10-06

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanlararo sudining 2016 yil 17 oktyabrdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.Dilovdan undiruvchi M.Tursunpo‘latovaning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Qarzdor 2018 yilning 1 iyun kunidan boshlab aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.

– Byuroning Shahrisabz tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga bir necha marotaba ogohlantirishlar berilgan, – deydi MIB Shahrisabz tuman bo‘limi boshlig‘i Akbar Radjapov. – So‘ng ijro hujjatida ko‘rsatilgan manziliga bir necha marotaba borilganida, uyda bo‘lmaganligi va yaqinlari tomonidan uydan ishlash maqsadida chiqib ketganligi aytilganidan so‘ng, qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi sa’y-harakatlari bilan qarzdor Toshkent shahrida ushlanib, keyingi ijro harakatlarini olib borish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan edi. Davlat ijrochisining huquqiy tushuntirishlari natijasida Sh.Dilov 2021 yilning 1 sentyabriga qadar bo‘lgan ya’ni 38 oylik 29,5 million so‘m aliment qarzdorligini bir yo‘la to‘lab berdi.  

 

O‘lmas Barotov, O‘zA