Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruv e’lon qilingan “Captiva” rusumli avtotransport vositasi Urganch tumani hududidan topilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining qarzdor Yu.Sh.dan ATB «Agrobank» Xorazm filiali foydasiga jami 325.984.000 so‘m kredit qarzini undirish, undiruv sherik javobgar Q.J.ga tegishli bo‘lgan «Kaptiva» rusumli avtomashinaga qaratilishi to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Yangiariq tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Sherik javobgar avtomashinani yashirgan. Natijada qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2022 yilning 28 oktyabr kuni mazkur qidiruvdagi avtomashina Urganch tumanida joylashgan ustaxona omboriga yashirib qo‘yilganligi aniqlanib, xatlandi.
Hozirda yuqoridagi transport vositasini elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zA