Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qidiruvda bo‘lgan besh nafar shaxs kuzatuv kameralari orqali qo‘lga olindi
19:53 / 2023-09-21

Milliy gvardiya xodimlari jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan besh nafar shaxsni kuzatuv kameralari orqali aniqladi va qo‘lga oldi.

Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida qo‘riqlash bo‘limi xodimlari Toshkent shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda 43 yoshli M.A. ni qo‘lga oldi. Bu fuqaro Jinoyat kodeksining 167 – moddasi, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumon qilinib, qidiruvga berilgan.  

Yashnobod tumanidagi masjidda firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvda bo‘lgan 49 yoshli K.M., Buxoro dehqon bozorida o‘g‘irlikda gumon qilinib, qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli fuqaro X.O. qo‘lga olindi.  

Olmazor tumanidagi “Korzinka” supermarketi yonida qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 38 yoshli T.S. ham qo‘lga olindi.  

Yunusobod tumanida tezkor guruh xodimlari tomonidan joriy yilning avgust oyidan buyon huquq - tartibot idoralaridan yashirinib kelayotgan 21 yoshli fuqaro K.G‘. qo‘lga olindi. Ushbu fuqaroga nisbatan bezorilik qilgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.  

Barcha qo‘lga olinganlar o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlariga topshirilgan va hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA