Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qibrayda yer xatlovi boshlandi
16:00 / 2020-08-08

Xatlovning kunlik natijalari “Yergeoportal”ga joylashtirilib borilishi maqsad qilingan.


Toshkent viloyati Qibray tumani yer maydonlari xatlovi boshlandi. Davergeodezkadastr qoʻmitasi tizimidagi hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislaridan yigʻilgan ishchi guruh bugun Qibray tumaniga yetib keldi.

Qoʻmita raisi Xalilillo Toʻraxoʻjayev ishchi guruh bilan uchrashib, aniq vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda Davergeodezkadastr qoʻmitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

– Xatlovda har bir qarich yerning holatini oʻrganishimiz kerak, – dedi Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisi Xalilillo Toʻraxoʻjayev. – Xatlov haqqoniy va adolatli boʻlishi uchun Qibray tumanining birorta mutaxassisi bu jarayonda qatnashmaydi. Xatlovda dronlar, yordamchi xaritalar, GPS navigatorlar va boshqa barcha zarur uskunalardan foydalaniladi. Bizga haqiqiy holat koʻrsatib beriladi. Qayerda qanday muammo borligini bilsakgina unga yechim topishning imkoni paydo boʻladi.

Xatlovning kunlik natijalari “Yergeoportal”ga joylashtirilib borilishi maqsad qilingan. Yakunda tuman yerlaridan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi hamda yerning hozirgi holati toʻgʻrisidagi axborotlar geoportalda aks etadi.

Ishchi guruh aʼzolari barcha ishlarni karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda olib boradi.