Qibrayda “Olimlar shaharchasi“ quriladi
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 60 gektar maydonda “Olimlar shaharchasi” barpo etiladi. Mazkur shaharchaga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari joylashtiriladi.
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 60 gektar maydonda “Olimlar shaharchasi” barpo etiladi. Mazkur shaharchaga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari joylashtiriladi.Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hukumat qarori muhokama uchun meʼyoriy-huquqiy hujjatlar portalida eʼlon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, “Olimlar shaharchasi” investorlar hisobidan quriladi. Investorlarga Fanlar akademiyasi Toshkentda boʻshatgan binolar mulk sifatida xatlab beriladi. “Olimlar shaharchasi”ga poytaxtdan jami oʻnta ilmiy-tadqiqot instituti koʻchiriladi.
Oʻtgan yilning iyulida Prezident Shavkat Mirziyoyev jugʻrofiy jihatdan Qibray tumanida, maʼmuriy jihatdan poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan Ulugʻbek posyolkasida “Olimlar shaharchasi”ni barpo etish yuzasidan bosh planni ishlab chiqishga koʻrsatma bergan edi.
Bugungi kunda bu posyolkada Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti joylashgan. Yaqin kunlarda bu yerga Moskva muhandislik-fizika instituti filiali ham koʻchib oʻtadi.